📊 Aholi muammolari – deputatlar e’tiborida
📅 5-mart kuni Shovot mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati hamda 8-Shovot saylov okrugi deputati — Yusupova Feruza Shuxratovna ishtirok etdi.
🤝 Muloqot davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan masalalar va dolzarb muammolarni bevosita deputatga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
⚡️ Amaliy natija ham bo‘ldi:
Uchrashuv davomida tuman sog‘liqni saqlash bo‘limiga taalluqli 1 ta muammo joyida hal etildi.
📌 Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan boshqa murojaatlarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
🔎 Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishga xizmat qiladi.