Yangiliklar

Sharafli kasb egalari e’zozda!

Sharafli kasb egalari e’zozda! 

Bugun xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Mastura Mamurjonova harbiy qism mehmoni bo‘ldi. Harbiylarimiz bilan kechgan samimiy suhbatda nafaqat xizmat vazifalari, balki bugungi kunning muhim ijtimoiy masalalari ham muhokama qilindi.

Vatanimiz sarhadlarini hushyorlik bilan qo‘riqlayotgan o‘g‘lonlarning shijoati, ularning qat’iyati barchamizga g‘urur bag‘ishlaydi. Bunday uchrashuvlar harbiylar va xalq vakillari o‘rtasidagi ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular:

Yangi qonun loyihalari;

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;

Harbiy oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.