Deputat yoshlar bilan uchrashdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Gʻoziyeva tumandagi 4-AFCHO'SMUO'TMda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishi hamda ularga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollar bilan murojaat qilib, fikr va takliflarini bildirdilar.
Muloqot davomida deputat yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish muhim ekanini ta’kidladi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati