📌 Deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha 29-sonli umumta’lim maktabi o‘rganildi
Xalq deputatlari Peshku tumani Kengashi deputatlari tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari doirasida tumandagi 29-sonli umumta’lim maktabi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktabda ta’lim jarayonining tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sinf xonalari, sport zali hamda boshqa infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasada mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’lim muassasasida sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish masalalari muhokama qilinib, nazoratga olindi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati
https://t.me/PeshkuXalqdeputatlarKengashi