Yangiliklar

Kengash_faoliyati

Yoshlar siyosati — kelajakka sarmoya

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosatining asosiy maqsadi — har bir yigit-qizning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda Vatanga sadoqatli shaxs sifatida voyaga yetkazishdir. Xususan, Bandixonda ham yoshlar bandligini ta’minlash, “Yoshlar daftari” orqali muammolarni manzilli hal etish, innovatsion va startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, sport va ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqotida (https://t.me/Press_Secretary_Uz/7038) belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda haftaning har "Payshanba — yoshlar kuni" munosabati bilan Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlari O.Ishpo'latov, X.Abdimo'monov, hamda xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev, tumandagi 17-son musiqa va san'at maktabida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

✅Shuningdek, tuman hokimining o‘rinbosari, Qulmamatov Umid Omonovich ham qatnashdi.

✅Uchrashuvda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, startap loyihalarini moliyaviy va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

✅Muloqot davomida Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan yoshlar bilan individual suhbatlashilib, ularning orzu-istaklari va takliflari atroflicha tinglandi. 

✅Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda o‘tib, yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni va faolligini yanada oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettirilishi alohida ta’kidlandi.

Slide 1 of 4