Yangiliklar

Депутат ижтимоий ҳимояга мухтож оиланинг таъмирталаб, эски уйини таъмирлаш ишларига бош бўлди.

Xalq deputatlari Guliston tuman Kengashi 3-Oltin vodiy saylov okrugi deputati B.Xaziratkulov tomonidan tumanning “Sharq haqiqat” mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan fuqaro M.Jumanazarovaning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida amaliy chora-tadbirlar ko‘rildi. Fuqaroning murojaatida uning yashash xonadonini ta’mirlash, uy-joy sharoitini yaxshilash hamda zarur qulayliklarni yaratib berish yuzasidan mahalla faollari ishtirokida hashar tashkil etildi.

Slide 1 of 2