Yangiliklar

Saylovchilar bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

18-Ulugʻobod saylov okrugidan Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Farrux Oʼktamjonovning saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida hududni kompleks rivojlantirish dasturi, shuningdek shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga doir amalga oshirilgan ishlar, bunyodkorlik va obodonlashtirish loyihalari, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar va istiqbolli loyihalar yuzasidan tushuntirishlar berilib, saylovchilarning taklif va mulohazalari tinglandi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan yoʻl-transport infratuzilmasini yaxshilash, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik masalalari, kommunal xizmatlar sifati, mahalla hududlarini obodonlashtirish hamda ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq qator murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar koʻrish, muammolarni bosqichma-bosqich hal etish boʻyicha tegishli tavsiyalar va yoʻnalishlar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida aholini qiynayotgan masalalarni joyiga chiqib oʻrganish hamda ularning yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishi boʻlib qolishini ta’kidladi.

Slide 1 of 5