Yangiliklar

DEPUTAT AHOLI XONADONLARIDA.

DEPUTAT AHOLI XONADONLARIDA.

Tuman Kengashi deputati Sh.Usmonova O'rtaqo'rg'on mahallasiga borib, aholi xonadonlarida bo‘ldi hamda fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazdi.

  Uchrashuvlar davomida aholini qiynab kelayotgan masalalar, ijtimoiy muammolar, infratuzilmani yaxshilash, bandlik va yoshlar masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.

 Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar belgilandi.

 Deputat tomonidan fuqarolarni qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarni tizimli hal etish va aholi bilan doimiy muloqotni ta’minlash ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.

 Bunday uchrashuvlar joylardagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3