NAVOIY SHAHRIDA TA’LIM SIFATI VA YOSHLAR BANDLIGIGA QARATILGAN E’TIBOR
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmurodovich joriy yilning 26-fevral kuni “Navoiy Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi”da bo‘lib, muassasada tashkil etilgan ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy o‘quv xonalari hamda amaliy mashg‘ulotlar sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputat o‘quvchilar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari va kelgusi rejalari bilan tanishdi, berilgan savollarga batafsil javob qaytardi hamda ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Tashrif yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun sharoitlarni kengaytirish hamda bitiruvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.