Bekobod shahrining 3-sektor hududidagi “Nurli yo‘l” MFYda joylashgan 1-sonli texnikumi binosi faollar zalida tadbirkorlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔺Unda faoliyat yuritayotgan hamda tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolar ishtirok etdi.
🔺Uchrashuv davomida 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, biznes uchun qulay muhit yaratish va hududlar iqtisodiy salohiyatini oshirish borasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmuni keng yoritildi.
🔺Tadbirda Bekobod shahar hokimi deputat N.Babayev, Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi raisi J.Dushabayev, shahar prokurori B.Ilyasov, shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Q.Safarov, shuningdek respublika va viloyat ishchi guruhi mas’ullari hamda faol tadbirkorlar qatnashdi.