Nazorat tadbiri davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifati, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi, navbat tizimi, elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish muddatlariga rioya etilishi o‘rganildi. Shu bilan birga, binolarda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, axborot stendlari va huquqiy tushuntirish materiallarining mavjudligi ham tahlil qilindi.
O‘rganishlar jarayonida fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va mulohazalari eshitildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati