O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Uchrashuv davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va yettilik a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Deputat tomonidan mahalla hududidagi infratuzilma, tozalik va obodonlashtirish ishlari ham o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholi murojaatlari tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi