Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n sakkizinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya kun tartibida birinchi masala sifatida “Qiziltepa tumani hokimining tumanni 2025 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2026 yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi hisoboti” masalasi bo‘lib, tuman hokimi Bekzod Bobomurodov 2025-yilda bajarilgan ishlar, 2026-yildagi muhim vazifalar bo‘yicha taqdimoti va murojaatnomasi tinglandi.
Sessiya kun tartibidan shuningdek,
- Hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyani oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman prokurorining 2025-yil davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;
- Huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati, shuningdek jamoat xavfsizligi to‘g‘risida;
- Qiziltepa tumani hududida 2026-yilda suv resurslaridan foydalanganlik hamda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlarni tasdiqlash hamda 2026-yilda tuman bo‘yicha alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini belgilash to‘g‘risida;
- Tumanda sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sog‘lom turmush tarzini va to‘g‘ri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek, sog‘liqni saqlashning asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida;
- Tumanda yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-tamoillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan 2025-yil 14-oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar bayonining 24-bandi ijrosi doirasida Qiziltepa tumani hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan eng og‘ir deb tanlab olingan mahallada 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Sessiya hokimlikning “Instagram” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida jonli efirda uzatildi.
Jonli efir manzili https://www.instagram.com/reel/DUp7_xSjEl8/?igsh=N2ZuY3B6dWY4dDV3