Xalq deputatlari Dehqonobod tuman kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Xo‘jamqulov hamda mas’ul tashkilotlar vakillari "Mustaqillik" MFYda bo‘ldilar. Muloqotlar davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
Ichki yo‘llarni ta’mirlash: Ko‘chalarni asfaltlash va shag‘allashtirish, sel-suv soyliklariga ko‘prik qurish bo‘yicha aholi talablarini o‘rganish;
Infratuzilmani yaxshilash: Elektr energiyasi, ichimlik suvi va boshqa ijtimoiy masalalarni joyida tahlil qilish;
Ochiq muloqot: Fuqarolarning taklif va murojaatlarini tinglab, ularni bartaraf etish choralarini belgilash.
Mahalla obodligi yo‘lidagi bunday o‘rganishlar tumanning barcha hududlarida davom etmoqda. Zero, ko‘zlangan maqsad bitta — xalqimizning turmush darajasini
oshirish va munosib sharoitlar yaratishdir.