Yangiliklar

✨ Ishtixon tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda

✨ Ishtixon tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Sh.Mardonova tomonidan Azamat mahallasidagi xotin-qizlar faoli ish faoliyati o‘rganildi. Ushbu tadbir “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida quyidagilar aniqlanib, muhokama qilindi:

🔹 Xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ularning samaradorligi;

🔹 Hududdagi xotin-qizlar bandligini ta’minlash va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish imkoniyatlari;

🔹 Mahalla va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘llari;

🔹 “Ayollar daftari”ga kiritish va manzilli yordam ko‘rsatish orqali ijtimoiy himoyani ta’minlash choralari.

💡 Shu kabi tadbirlar xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasb-hunarga yo‘naltirilishi, oilaviy daromad manbalarini yaratish hamda hududda ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynamoqda.

Slide 1 of 3