Yangiliklar

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi hamkorlikni tumandagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yildi.

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi hamkorlikni tumandagi “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan yo‘lga qo‘yildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Adliya vazirligi qoshidagi nodavlat notijorat tashkiloti — “Madad” tashkiloti rahbari O‘. Egamberdiyev bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, kelgusida huquqiy madaniyatni oshirish, fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar ko‘rsatish, ijtimoiy muammolarni joyida o‘rganish hamda ularni hal etishda o‘zaro hamkorlikda ishlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan kelishuvga erishib, hamkorlikni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 1