Yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🤝 Sherobodda yangi hamkorlik: Kengash va “Madad” birgalikda ishlaydi

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi tomonidan tuman Davlat xizmatlari markazida “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 741-son qaroriga asosan tashkil etilgan “Madad” NNT aholiga bepul va sifatli yuridik yordam ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati X. Xojidinov hamda “Madad” NNT bosh mutaxassisi S. Ochilov bilan birgalikda “Qizilolma” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida aholi murojaatlari tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

📌 Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:

🔹 Aholi murojaatlari bilan ishlash – Murakkab huquqiy masalalar yuzasidan fuqarolar “Madad”ning tuman huquqiy maslahat markaziga yo‘naltiriladi va bepul yuridik yordam oladi.

🔹 Tizimli muammolarni aniqlash – “Madad” tomonidan aniqlangan dolzarb huquqiy muammolar yuzasidan Kengashga tahliliy ma’lumotlar taqdim etiladi. Deputatlar esa tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboradi yoki masalani sessiyada ko‘taradi.

🔹 Huquqiy targ‘ibot tadbirlari – Mahallalar va korxonalarda huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan qo‘shma tadbirlar tashkil etiladi. Yangi qonunlar va ijtimoiy imtiyozlar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi.

✅ Ushbu hamkorlik tumanda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5