Yangiliklar

Do'stlik tumanida yoshlar siyosati sohasi oʻrganildi

Xalq deputatlari Jizzax viloyatii Kengashi deputati, O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig'i, Rahmonberdiev Murodbek Karimberdievich va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Rashidov Doston Xasan o'g'li Do'stlik tumanidagi G'ofur G'ulom, Chinobod va Sanoatchilar mahallalaridagi yoshlar yetakchilari faoliyati bilan tanishib, mahallani ishsizlik va jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi startap loyihalarni shakllantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratishdi.

Ishsiz va otaliqqa olingan yoshlarga biriktirilgan rahbarlar bilan ishlash holati tahlil etilib, tegishli maslahatlar bilan o'rtoqlashishdi.

Slide 1 of 9