Yangiliklar

#Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratida

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Baxovadinov Baxtiyor Shaxobitdinxo'jayevich "Mingtepa" MFYda saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqotni amalga oshirdi. 

Qabul jarayonida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarda asosan

- ijtimoiy himoya

- MFY idorasi 

- yer ajratilishi

-piyodalar yo'lakchasi

- bandlik boshqa dolzarb masalalar ko‘tarildi. 

Har bir murojaat deputat tomonidan alohida tartibda ko‘rib chiqilib, ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Deputat B.Baxovadinov murojaatlarning ijrosi shaxsan o‘z nazoratida bo‘lishini, ularning har biri bo‘yicha amaliy natijaga erishish uchun zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Slide 1 of 1