Joriy yil 20 avgust kuni Muxtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazadi va ularning bir guruhiga davlat mukofotlarini topshiradi.
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv ilk bor 2021 yil 20 avgustida oʻtkazilgan edi.
Oʻshanda prezident 20 avgustni Tadbirkorlar kuni deb e'lon qilishni taklif qilgan edi. Shundan buyon uchrashuvlar an'anaviy ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Shu kungacha tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 1 mingga yaqin taklif va tashabbuslar qonun va qarorlarda oʻz aksini topdi. Bugungi ochiq muloqotga tayyorgarlik davomida 26 ta sohaning 7 mingga yaqin vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
“Koll-markaz” orqali 13 mingdan ziyod murojaat va tashabbuslar kelib tushdi.
Uchrashuvda prezident ushbu murojaatlarni oʻrganish asosida ishlab chiqilgan hamda tadbirkorlik faoliyatiga yanada koʻp qulaylik yaratishga qaratilgan yangi echimlarni ilgari surdi.Ushubu kunda Muhtaram Prezidentimiz tadbirkorlar bilan beshinchi ochiq muloqot doirasida tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan farmonga imzo chekdi.
🟢 Farmonning asosiy yo‘nalishlari:
✔️ 2026–2027-yillarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 270 trln so‘m
mablag‘ yo‘naltiriladi.
✔️ Kreditlash tizimida yangi skoring tizimi joriy etilib, tadbirkorlar uchun
imkoniyatlar kengayadi.
✔️ Soliq yengilliklari: 2026-yildan QQS to‘lovchi yangi tadbirkorlar bir yil
davomida foyda solig‘idan ozod qilinadi.
✔️ Turizmni rivojlantirish dasturi qabul qilinib, mehmonxona va infratuzilma
loyihalari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yiladi.
✔️ Jarimalar va tekshiruvlar bo‘yicha tartiblar sezilarli darajada
soddalashtiriladi.