Qo‘shko‘pir tuman Madaniyat mahallasida “Deputat mahallada” doirasida uyma-uy loyixasi asosida O‘zbekiston XDP Qo‘shko‘pir tuman kengashi raisi O.O.Yusupova, deputat D.Sattarova, Madaniyat MFY xotin-qizlar faoli, O‘zbekiston XDP faol a’zosi Boltayeva Oyposhsha Shavkatovna va Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy xodimi Toxirova Munojaatlar 2025yil 16-avgust kuni ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar ro‘yxatiga kiritilgan xonadonlarga tashrif buyurdilar va ularning bugunki kundagi yashash tarzi hamda muammolari yuzasidan suhbatlashdilar. Aniqlangan muammolar yuzasidan amaliy yordam berish choralari ko‘rilishi to‘g‘risidagi fikrlarini bildirdilar.