Yangiliklar

DEPUTAT AXBOROTI YETTILIK HISOBOTI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga 18-Dalvarzin saylov okrugidan saylangan deputat Rahimjonov Ulug'bek Qurbonboy o'g'li Ziyoli mahallasi saylovchilari oldida joriy yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berdi.

Uchrashuvda mahalla yettiligining 6 oy mobaynida barcha yo‘nalishlardagi obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari, aholi bandligini ta‘minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari, ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlari yuzasidan hisobotlari eshitildi. Uchrashuv so'ng ko'tarilgan muammolar joyiga borib o'rganildi, mahalla faollari bilan kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan reja va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4