Mamlakatimiz bo‘ylab yoshlar uchun katta imkoniyat eshiklari ochildi.
"Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida "Mehr va e’tibor – bolalar uchun eng katta tuhfa" mavzusida Bekobod tumanidagi barcha maktablarda tadbirlar o’kazilib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlarda qatnashish maqsadida 39- 44- 46- maktablarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Matbuot xizmati rahbari Gʻulomjon Samadov, Zulfiya mukofoti sohibasi Olima Tojiboyeva, tashrif buyurib, o’quvchilar bilan dildan suhbatlashib, ijodlaridan namunalar keltirib, tadbirga o’zgacha bayramona shukuh baxsh etdi.
Tadbir so’ngida har bir maktabga 100 kitob aksiyasi doirasida maktablar kutubxonasiga kitoblar taqdim etdilar.
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati
Nadira Dusmatova