Yangiliklar

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov, tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov tuman ekologiya boʻlimi bilan hamkorlikda Buloqboshi mahallasidagi aholi murojaatini oʻrgandi.

Muammoli masalaga yechim topildi

Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov, tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov tuman ekologiya boʻlimi bilan hamkorlikda Buloqboshi mahallasidagi aholi murojaatini oʻrgandi. Daryo va buloqlar suvidan foydalanishda tadbirkorlik subʼektlari hamda aholi oʻrtasidagi tushunmovchiliklar aholi va tadbirkorlik subʼektlari ish boshqaruvchilari bilan uchrashib oʻzaro kelishildi. Unga koʻra tadbirkorlik subʼektlari tomonidan aholining suvdan foydalanish jarayoniga keltirilgan noqulayliklar bartaraf etiladigan, 4,5 km masofadagi lotok suv tarmoqlari aholi tomonidan hashar yoʻli bilan tozalanadigan boʻldi.

Slide 1 of 5