Prezidentimizning ““Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan o‘zining bilim va qobiliyati, intiluvchanligi, tashabbuskorligi va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, xalq manfaati va yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizdan bir guruhi mukofotlandi. Ular orasida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” a`zosi, 29-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi Aliyev Murodjon Anvar o‘g‘li “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi.