2025-yil 23-iyundagi “O`zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-98-sonli Prezident farmoni mazmun-mohiyati va ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari kotibiyat xodimlari
ishtirokida o`quv-seminar shaklida uchrashuv bo`lib o`tdi
Uchrashuv tadbirini Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi raisi Uktamjon Axunov olib ordi.
Uchrashuvda farmonning asosiy yo`nalishlari va maqsadlari to`g`risida atroflicha fikr mulohazalar yuritildi. Xususan, mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillik institutlarini rivojlantirish, deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish, xalq vakillari o`rtasida o`zaro hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, aholi muammolarini tez va sifatli hal etish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida e`tibor qaratildi.
Qatnashchilar farmonning ijrosini ta`minlash bo`yicha o`z taklif va fikrlarini bildirdilar, hamda mahalliy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha mas`uliyatni oshirish muhimligini ta`kidladilar.
Uchrashuv natijasida, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari vakillari PF-98-sonli farmon talablarini to`liq bajarish, mahalliy darajada jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlash va xalq manfaatlarini himoya qilish borasida faol ishlashga kelishib olindi.