Xalq Deputatlari Parkent tuman Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna va mahalla yettiligi tomonidan “Novdak” MFY da yashovchi oilalarning ijtimoiy ahvoli va yashash sharoiti o`rganildi. Uchrashuv davomida fuqarolar o`zlarining muammolari yuzasidan savollar, taklif va fikr muloxazalarini bildirdilar, deputat tomonidan savollarga atroflicha tushuntirish berildi. Shundan so`ng MFY yettiligi bilan fuqarolarning yechimini kutayotgan muammolari bo`yicha zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.