Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Ish_reja_ijrosi #Oylik_Ish_reja_ijrosi 19¹-modda DEPUTATLIK SO‘ROVI NATIJASI
🛣 Avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Q. Raxamov tomonidan 75V063 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining “Mehnatobod” va “Gulchinor” mahallalari hududidan o‘tuvchi qismidagi muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
🔎 Mazkur yo‘lning texnik holati qoniqarsizligi, yo‘l qoplamasida ta’mirtalab joylar mavjudligi hamda transport vositalari harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelayotgani sababli yo‘lni ta’mirlash va zarur hollarda qayta asfaltlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘ralgan.
✅ Deputatlik so‘roviga javoban, Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan 75V063 avtomobil yo‘lining “Mehnatobod” va “Gulchinor” mahallalari hududidan o‘tuvchi 03–9–10–14-kilometrlar oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.
🤝 Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash hamda aholi uchun qulay sharoit yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida muhim ahamiyat kasb etadi.