🛒 Bozorlarda narx-navo barqarorligi va mahsulotlar zaxirasi deputat nazoratida
“24 talik masala” (tavsiyalar) ijrosini taʼminlash maqsadida, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Abdaxatov tomonidan hududdagi Chorshanba dehqon bozori savdo shoxobchalarida navbatdagi oʻrganish ishlari olib borildi.
Oʻrganish davomida aholi ehtiyojlari uchun eng zarur boʻlgan oziq-ovqat va kundalik isteʼmol tovarlarining narxlari, ularning aholi xarid qobiliyatiga mosligi hamda sunʼiy narx oshishining oldini olish choralari tahlil qilindi. Shuningdek, rastalarning toʻkinligi va mahsulotlar sifati koʻzdan kechirildi.
Deputatlarimiz aholi manfaatlari va bozorlarda narxlar barqarorligini taʼminlash yoʻlida tizimli monitoring ishlarini davom ettirmoqda.