Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-55-V-son Qarori.
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Sport maktabining jihozlanish va zaruriy anjomlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-son Qarori.
янв.21
Umumta’lim maktabida o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
MEHNAT YARMARKASI: DEPUTAT ISHTIROKIDA AHOLI BANDLIGIGA KO‘MAK

 Chilonzor tumanida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Tumandagi “Meri Poppins” kasblar markazi binosi oldida Chilonzor tumani hokimligi hamda tuman prokuraturasi hamkorligida “Kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🤝 Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Tadjiyeva Muhabbat Xaydaraliyevna ham ishtirok etib, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ularning daromad manbalarini shakllantirishga qaratilgan tashabbuslarning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
Yarmarkada 10 ta yirik tashkilot va korxona tomonidan jami 150 ta bo‘sh ish o‘rni taqdim etildi. Ish izlab kelgan fuqarolarga mavjud vakansiyalar, mehnat sharoitlari va ishga joylashish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
✅ Tadbir yakunida 10 nafar fuqaro o‘zlariga ma’qul kelgan ish o‘rinlarini topib, ish beruvchilar bilan rasmiy shartnoma va bitimlar imzoladi.
📍 Deputat ishtirokidagi bunday tadbirlar aholi murojaatlari va ehtiyojlariga e’tibor qaratish, bandlik masalalarini qo‘llab-quvvatlash hamda fuqarolarning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi aholi manfaatlarini ta’minlash, bandlikni qo‘llab-quvvatlash va hududda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlarda faol ishtirok etishda davom etadi.

Slide 1 of 5