Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-55-V-son Qarori.
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Sport maktabining jihozlanish va zaruriy anjomlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-son Qarori.
янв.21
Umumta’lim maktabida o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Jayhun” mahallasida aholi muammolari va “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Mahalladagi muammolarni xonadonbay aniqlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish va mas’ullar hamkorligini kuchaytirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu doirada Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda shahar Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova “Jayhun” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashdi.

Muloqot davomida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro hamkorligi, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni manzilli hal etish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar, ijtimoiy daftarlarga kiritilgan xonadonlar, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash, ularga zarur yordamni o‘z vaqtida yetkazish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Unda PF-116-son Farmonida belgilangan vazifalarning joylardagi ijrosi, aholi bilan ishlash samaradorligi va “mahalla yettiligi” a’zolarining mas’uliyati muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni joyida hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Deputatlik nazorati — muammolarni aniqlash bilan cheklanmay, ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi. “Jayhun” mahallasida aholi manfaatlarini ta’minlash va belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish ishlari davom ettiriladi.