Bugun Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati B.Djumaniyazov tashabbusi hamda ish rejasiga asosan navbatdagi sayyor yig‘ilishi shahar hududidagi “Islomobod” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil qilindi. Mahalla fuqarolar yig‘ini binosida o‘tkazilgan sayyor uchrashuvda mahalla faollari hamda fuqarolari ishtirok etdilar.
Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar joyning o’zida hal qilindi, suhuningdek, mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so’rovlari chiqarilib, nazoratga olinadigan bo’ldi.