Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-55-V-son Qarori.
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Sport maktabining jihozlanish va zaruriy anjomlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-son Qarori.
янв.21
Umumta’lim maktabida o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Fuqarolar murojaatlari tinglandi

Fuqarolar murojaatlari tinglandi

O‘rta Chirchiq tumanida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda mavjud masalalarga qonuniy yechim topish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

Unda Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi raisi R.Djumanova, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U.Akbarov, tuman Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi S.Kadirov hamda tuman hokimligi Umumiy bo‘limi mudiri I.Alimbekovalar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar atroflicha tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni belgilangan tartibda o‘rganish va hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish masalalariga e’tibor qaratildi.

Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida va samarali hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda aholini qiynayotgan muammolarga amaliy yechim topish muhimligi ta’kidlandi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4