Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Tibbiy tayanch punktida xizmat sifati o‘rganildi..........
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan Kengash soʻrovini, Kengash deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborish Tartibi
янв.21
Kanalizatsiya tarmog‘ini ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Aholi bandligini ta'minlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar oʻrganildi
янв.21
Хalq deputatlari tuman Kengashidagi Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Markaziy dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari va zaxirasi o‘rganildi
янв.21
Хalq deputatlari tuman Kengashidagi Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN SESSIYA OLDI O‘RGANISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-«Bo‘ston» saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘z saylov okrugidagi «Qirg‘izovul» mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori Maxmudov Ziyoddilla Zoxitjon o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🟢 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish, hududdagi kriminogen vaziyatni tahlil qilish hamda sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan mavjud holatni atroflicha ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.
🟢 O‘rganish jarayonida «Qirg‘izovul» MFYdagi jinoyatchilik holati va profilaktik ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. O‘rganish uchun taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning 9 oyi davomida mahallada oldini olish mumkin bo‘lgan 2 ta o‘g‘irlik jinoyati qayd etilgan. Shuningdek, hududda noqonuniy qurol saqlash bilan bog‘liq 1 ta jinoyat aniqlangan.
⚖️ Deputat tomonidan mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning mol-mulki daxlsizligini ta’minlash, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
🟢 Shuningdek, profilaktika inspektorining mahallada jamoat tartibini saqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan manzilli profilaktik tadbirlarni tashkil etish borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish muhimligi ta’kidlandi.
📊 Sessiya oldi o‘rganishi davomida aniqlangan holatlar kelgusida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, mas’ul tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish va mahallada osoyishta muhitni mustahkamlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan sessiya kun tartibidagi masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 2