Yangiliklar

🌿 NOVQA OTA ZIYORATGOHIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI

🌿 NOVQA OTA ZIYORATGOHIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
Novqa mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Novqa ota ziyoratgohida tuman Kengashi deputati Saidova Xafiza Danoboyevna tashabbusi bilan obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Mazkur ezgu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad — ziyoratgoh hududini yanada obod va ozoda saqlash, ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda milliy va ma’naviy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdan iborat.
Bunday xayrli ishlar mahallamiz obodligi, tarixiy qadamjolarimizni asrab-avaylash va yurtdoshlarimizda ezgulikka daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Obod mahalla — farovon hayot va hamjihatlik timsoli!

Slide 1 of 3