“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
📄 O‘RQ-371-son | 📅 2014-yil 14-may
Mazkur Qonun huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sodir etishga olib keluvchi sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, jamiyatda qonuniylik va jamoat xavfsizligini mustahkamlashga qaratilgan.
⬇️ Qonunning asosiy yo‘nalishlari:
🔹 huquqbuzarliklarning oldini olish;
🔹 fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish;
🔹 huquqbuzarlikka olib keluvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish;
🔹 voyaga yetmaganlar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish;
🔹 davlat organlari va jamoatchilik hamkorligini rivojlantirish.
Huquqbuzarliklarning oldini olish — tinchlik, osoyishtalik va xavfsiz jamiyatni ta’minlashning muhim shartidir!
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz