Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-55-V-son Qarori.
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Sport maktabining jihozlanish va zaruriy anjomlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-son Qarori.
янв.21
Umumta’lim maktabida o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida

🔽Tomorqadan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati – deputat e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati R. Bozorova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J. Norov hamkorligida “Oqtepa” mahallasida tomorqa yerlaridan samarali foydalanish va issiqxona faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
📌Muloqot davomida tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, ekinlarni to‘g‘ri rejalashtirish, issiqxonalarda mahsulot yetishtirish hajmini oshirish hamda zamonaviy agrotexnik usullardan foydalanishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.
📌Shuningdek, tomorqada daromad keltiruvchi ekinlarni yetishtirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va yetishtirilgan mahsulotlarni realizatsiya qilish orqali oilalar daromadini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
📌Deputat R. Bozorova bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, aholi bandligini ta’minlash va oilaviy daromad manbalarini kengaytirishda tomorqa xo‘jaliklari imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish muhimligini ta’kidladi.
📌Tomorqadan unumli foydalanish — oilalar farovonligi, aholi bandligi va hudud iqtisodiy rivojining muhim omilidir. Mazkur yo‘nalishdagi tushuntirish va targ‘ibot ishlari davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4