Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-55-V-son Qarori.
янв.21
Sport maktabining jihozlanish va zaruriy anjomlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Reglamenti
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATNING O‘RNI
янв.21
Kengash qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-52-V-son Qarori.
янв.21
Umumta’lim maktabida o‘quvchilarni sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputat B.Yo'ldoshev “Bektepa” mahallasi saylovchilari bilan uchrashdi

✅Bandixon tumanida aholi bilan bevosita muloqotni kengaytirish, fuqarolar murojaatlarini tinglash hamda joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga amaliy yechim topish borasida deputatlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🫥O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga hamda Senat Kengashining KQ-35-son qaroriga asosan, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati B.Yo'ldoshev “Bektepa” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🫥Yig‘ilishda aholi bandligini ta’minlash, hududda yangi ish o‘rinlarini yaratish va davlat dasturlari ijrosini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🫥Xususan, mahallada tikuvchilik hamda tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga faoliyatini kengaytirish uchun imtiyozli kreditlar olishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

🫥Muloqot yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2