Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida mahalladagi ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, aholining daromadlarini oshirish, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi.
Deputat tomonidan mahallada har bir ishsiz fuqaro bilan manzilli ishlash, ularning qiziqishi va imkoniyatlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish, tadbirkorlikka intilayotgan fuqarolarga amaliy ko‘mak berish hamda bu boradagi ishlarni tizimli tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berildi.