Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Deputat mahallada: Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Pop tumani Kengashi deputati E. O‘rmonov Navbahor mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan birgalikda hokim yordamchisining faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mavjud muammolar, ularning yechimi yuzasidan belgilangan vazifalar va kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ishlar samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3