Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yangi shahar mahallasida infratuzilma yangilanishi davom etmoqda

Tasdiqlangan loyiha doirasida 3,6 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 0,5 km piyodalar yo‘lakchasi barpo etish, 3,2 km yangi elektr tarmog‘i tortish, 41 dona beton ustun hamda 1 dona transformator o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

Belgilangan rejalar asosida hududda amaliy ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Jumladan, 45-sonli umumta’lim maktabiga olib boruvchi Turkiston ko‘chasining 2,3 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi. Natijada ushbu yo‘ldan foydalanuvchi aholi, o‘quvchilar va transport vositalari uchun yanada qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi.

Yo‘l infratuzilmasining yangilanishi mahallaning nafaqat transport qatnovini yaxshilamoqda, balki hudud qiyofasini ham tubdan o‘zgartirmoqda.

“Yangi shahar” mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari — aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi, mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy o‘zgarishlarning yorqin ifodasidir.

Slide 1 of 6