Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING MODDIY-TEXNIK HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI

#SAVOL_JAVOB #19_1_Modda_ijrosi

❗️ MUSIQA VA SAN’AT MAKTABINING MODDIY-TEXNIK HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Jamila Shermuxammedova Chilonzor tumanidagi 15-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Sagdullayev Xamidullo Payzullayevichga ta’lim muassasasining moddiy-texnik holati, mavjud infratuzilma hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan savol yo‘lladi.

🗣 SAVOL: Deputat Jamila Shermuxammedova Chilonzor tumanidagi 15-son bolalar musiqa va san’at maktabida bugungi kunda qancha o‘quvchi tahsil olayotgani, ta’lim muassasasining bino va inshootlari qay darajada talabga javob berishi, ta’mirlashga ehtiyoj mavjudligi hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan qanday choralar ko‘rilayotgani bo‘yicha maktab direktori Xamidullo Sagdullayevga savol yo‘lladi.

🔺 JAVOB: Chilonzor tumanidagi 15-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori Xamidullo Sagdullayev mazkur masalalar yuzasidan ma’lumot berdi.

💡 Jumladan, 2026/2027-o‘quv yilining oktabr holatiga ko‘ra, maktabda musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha jami 253 nafar o‘quvchi tahsil olayotgani ma’lum qilindi.

🏫 Shuningdek, ta’lim muassasasi binosining mavjud holati yuzasidan ma’lumot berilib, maktab fasadi hamda konsert zali joriy ta’mirlashga muhtoj ekani qayd etildi.

🔎 Mazkur masalalar doirasida ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish muhimligi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1