Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

TA’LIM MUASSASALARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

TA’LIM MUASSASALARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashi deputati Kattabekov Erkin Axmurodovich tomonidan o‘z saylov okrugi hududida joylashgan ta’lim va maktabgacha ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida muassasalardagi isitish tizimlari, qozonxonalar, mavjud yoqilg‘i zaxirasi hamda bino va xonalarning mavsumga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish, ta’lim oluvchilar va tarbiyalanuvchilar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash yuzasidan aniqlangan masalalar muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2