“ZAMONDOSH” MFY YETTILIGI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida, 28-“Chimboy” saylov okrugi deputati Mirzamaxmudov Ma’rufjon Maxamadsharif o‘g‘li ishtirokida “Zamondosh” mahalla fuqarolar yig‘ini yettilik vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Uchrashuv davomida mahalla yettiligi vakillari bilan yaqindan tanishilib, ularning faoliyati, mahallada aholi bilan ishlash tizimi hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Shuningdek, mahallada aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, mavjud masalalarni joyida o‘rganish va ularni hal etishda mahalla yettiligi hamda mahalliy Kengash deputati hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✨Uchrashuvda mahalla faollari hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqjonova ham ishtirok etdi.
🔹 Bunday uchrashuvlar mahalla va Kengash o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni amaliy hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!