Qadriyatlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Xalqimizning asrlik o‘tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning muhim qismi bo‘lib, butun millatning ma’naviy qiyofasini o‘zida namoyon etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bugun Urganch shahridagi “Ma’rifat” mahallasida “Mahalla – milliy qadriyatlar beshigi” mavzusida tadbir tashkil qilindi. Unda mahallaning faol xotin-qizlari, uy bekalari, o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda o‘zbek millatining urf-odatlari va an’analarini targ‘ib etuvchi ko‘rgazmalar, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Tadbirda xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati Jumaniyozova Muborak Toxirovna, mahalla hamda shahar mas’ullari so‘zga chiqib, har bir millatning millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, an’analarini, barcha moddiy va ma’naviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladigan milliy qadriyatlar haqida o‘z fikr mulohazalarini bidirdilar.