Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
Arabmozor mahallasida ijtimoiy himoya va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati F. Xujamberdiyev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh. Xo‘jamberdiyev Arabmozor mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, 24 ta muhim tavsiya ijrosi doirasida ijtimoiy xodim tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklarning samaradorligini o‘rganishdi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolarning murojaatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda oilalar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, mahalla fuqarolar yig‘inida jami 39 ta kambag‘al oila mavjud bo‘lib, shundan 14 tasi davlat ta’minotidagi, 22 tasi tegishli reestrga kiritilgan hamda 3 tasi kambag‘allik chegarasidagi oilalar hisoblanadi. Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi imkoniyatlaridan foydalanilib, 2 ta oilaga uy-joy ta’miri uchun 42 million so‘m miqdorida, davolanishga muhtoj 1 nafar fuqaroning tibbiy xarajatlarini qoplashga esa 24 million so‘m miqdorida moddiy ko‘mak ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, 22 ta ehtiyojmand fuqaro oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlangan.

O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlashda manzillilik va individual yondashuvni kuchaytirish, bandlikni ta’minlash orqali oilalarning doimiy daromad manbalarini shakllantirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3