Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
“Do‘stlik” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati va bandlik masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi raisi T.Soliyev va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyev tomonidan “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida asosiy e’tibor 24 ta muhim masala bo‘yicha mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlarga qaratildi.

Mahallada jami 719 nafar yosh mavjud bo‘lib, ish bilan band bo‘lmagan va mehnat bozoriga kirib kelgan bitiruvchilardan 35 nafari bandlik dasturiga qamrab olindi (shundan 3 nafari ishsiz yosh, 1 nafari migratsiyadan qaytgan yosh, 24 nafari maktab bitiruvchisi, 5 nafari professional ta’lim bitiruvchisi, 2 nafari oliy ta’lim bitiruvchisi). Ulardan 33 nafarining bandligi ta’minlandi, ya’ni 13 nafari doimiy ishga joylashtirilib, o‘zini o‘zi band qilingan, 5 nafari kasb-hunarga o‘qitilmoqda, 13 nafari ta’limning keyingi bosqichiga jalb etilgan.

“Do‘stlik” MFYda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida mahalladagi stretbol va vorkaut maydonchalarida sport o‘yinlari o‘tkazib kelinmoqda.

Tuman Kengashi raisi yoshlar yetakchisiga mahalladagi har bir yigit-qizning bandligini ta’minlash va ularni sportga keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berdi.