Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
“Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ “Sharof Rashidov” mahallasidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish masalasi takroriy deputatlik so‘rovi orqali ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan Mirobod tumani “Sharof Rashidov” mahallasidagi Chimkent ko‘chasi 2-uy oldida joylashgan piyodalar yo‘lagini kengaytirish va ta’mirlash masalasi yuzasidan Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Baxtiyev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Mazkur masala dastlab Mirobod tumani “Sharof Rashidov” mahalla fuqarolar yig‘inidan kelib tushgan fuqarolar murojaati asosida ko‘tarilgan. Avvalroq, 2026-yil 17-sentabrda Toshkent shahar hokimligiga 108-ds-424-26-sonli deputatlik so‘rovi yuborilib, Chimkent ko‘chasi 2-uyga kirish qismidagi yo‘lning texnik holatini o‘rganish, asfalt qoplamasini ta’mirlash, shuningdek, uy yonidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish va uning yuza qismini ta’mirlash so‘ralgan edi.

📋 Ushbu deputatlik so‘roviga Mirobod tumani hokimligi tomonidan 2026-yil 21-sentabrda taqdim etilgan javobda ko‘p kvartirali uy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish hamda hududni obodonlashtirish va kirish yo‘laklarini ta’mirlash ishlarini mulkdorlar tomonidan tasdiqlanadigan reja asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqligi bildirilgan.

🔺 Biroq deputatlik so‘rovida qayd etilganidek, Chimkent ko‘chasi 2-uy oldidagi piyodalar yo‘lagining amaldagi holatini hisobga olgan holda, fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash uchun yo‘lakni kengaytirish hamda uning yuza qismini zarur darajada ta’mirlash ehtiyoji saqlanib qolgan.

🔎 Shu munosabat bilan deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan “Sharof Rashidov” MFY hududidagi Chimkent ko‘chasi 2-uy oldida joylashgan piyodalar yo‘lagining mavjud holatini mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqib o‘rganish masalasi qayta ko‘tarildi.

📉 Deputatlik so‘rovida piyodalar yo‘lagini kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning xavfsiz va qulay harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralarni belgilash, shuningdek, yo‘lakning yuza qismini zarur darajada ta’mirlash ishlarini amalga oshirish so‘ralgan.

📝 Shuningdek, Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A. Baxtiyevdan mazkur ishlarni amalga oshirishning aniq muddatlari, belgilangan chora-tadbirlar va masalaning amaliy yechimi yuzasidan asoslantirilgan ma’lumotni 10 kun muddatda taqdim etish so‘ralgan.

🤝 “Sharof Rashidov” mahallasida piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish, Chimkent ko‘chasi 2-uy oldidagi piyodalar yo‘lagini kengaytirish hamda ta’mirlash bo‘yicha ko‘tarilgan masalaning amaliy yechimi deputat Otabek Jiyanboyev tomonidan nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1