Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosi doirasida Marg‘ilon shahrida deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

O‘rganish davomida maktab hududining obodonlashtirilishi va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ham deputat e’tiboridan chetda qolmadi. Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati M.Abdurahmonova 32-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori hamrohligida ta’lim muassasasi hududini aylanib, mavjud holatni ko‘zdan kechirdi.

Jarayon davomida maktab hovlisi va unga tutash hududlarning sanitariya-obodonlashtirish holati, yashil hududlar va daraxtlarning parvarishi, hududning tozaligi, mavjud infratuzilma obyektlarining saqlanishi hamda o‘quvchilar uchun qulay muhit yaratilganligi holatiga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, maktab hududida amalga oshirilayotgan va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududni yanada tartibga keltirish va o‘quvchilar uchun xavfsiz hamda ozoda muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4