Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
budjetning qoʻshimcha manbalari
янв.21
DEPUTAT SOʻROVI YUBORILDI
янв.21
Umumta’lim maktabi sport anjomlari bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi
янв.21
Avtomobil yo‘llarida piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 05.10 - 09.10.2026-y. ga MOʻLJALLANGAN ISH REJASI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHINING 28.09 - 03.10.2026-y. HAFTALIK DAYJESTI
янв.21
Тошқин оқибатларининг бартараф этиш ҳолатлари ўрганилди
янв.21
“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️“ZANGIOTA” MAHALLASIDAGI DOLZARB MASALALAR DEPUTATLAR E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov hamda xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati D. Asadullayev “Zangiota” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashdi.

🔺 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud holat, aholini qiynayotgan masalalar hamda mahalla faollarining faoliyati muhokama qilindi. Shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi asosida hududdagi dolzarb masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

💼 Xususan, aholi, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbalariga yo‘naltirish, yangi bandlik imkoniyatlarini yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

📈 Mahallada tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning tashabbuslarini rag‘batlantirish orqali ularning daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.

🔺 Shu bilan birga, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan yordamning samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Bu borada hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va boshqa mahalla mas’ullarining faoliyati bilan bog‘liq masalalar ham muhokama markazida bo‘ldi.

🛡 Uchrashuvda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqbuzarlikka moyil shaxslar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan ham fikr almashildi.

🏗 Bundan tashqari, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, hududdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolar uchun yanada qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan takliflar tinglandi.

📁 Aziz Ibragimov mahalla faollari tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish hamda ularning yechimiga qaratilgan choralarni belgilash muhimligini qayd etdi.

🤝 Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va murojaatlarni o‘rganib chiqish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4